O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxoroda yo‘l-transport hodisasi, qurbonlar bor.

Buxoro. 2020 yilning 10 fevral' kuni taxminan soat 07:30 larda, haydovchi 24 yoshli A.R. boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasida “Xorazm-Buxoro” A-380 avtomobil yo‘li bo‘ylab Romitan tuman hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning chekkasiga chiqib ketgan va bir necha marta aylanib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida yo‘lovchilar 49 yoshli U.M. va 42 yoshli D.A.lar hodisa joyida vafot etgan. Haydovchi va 36 yoshli uchinchi yo‘lovchi X.Yu. esa shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodekining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tergov departamenti halok bo‘lganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech