Buxoroda 2 nafar shaxs o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi.
Buxoro. 2020 yil 02 yanvar kuni taxminan soat 18:10 larda 26 yoshli F.N. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasini Peshko‘ tumani “Jongeldi” MFY hududidan o‘tgan 4R-61-sonli avtomobil yo‘li bo‘ylab, A-380-sonli xalqaro avtomobil yo‘li tomon boshqarib kelayotgan vaqtida, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan haydovchi 24 yoshli D.Q.ning boshqaruvida bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtomashinaning orqa qismiga borib urishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Natijada, haydovchi F.N.ning boshqaruvidagi “Cobalt” avtomashina yo‘lovchilari 49 yoshli G‘.O. va 43 yoshli D.J.(ayol)lar olgan tan jarohatlari oqibatida xodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etishgan. Bundan tashqari, yo‘lovchi 26 yoshli I.I. olgan tan jarohatlari bilan Gazli shaharchasi markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur xolat yuzasidan Peshko‘ tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a”bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.