Bir korxonani ikki jinoiy guruh talon toroj qildi
Surxondaryo. 2020 yilning aprelь oylarida noʼmalum shaxslar Sariosiyo tumani Sharofobod mahallasi hududida joylashgan Xitoy Xalq Respublikasining kompaniyasiga qarashli tashkilot omborxonasidan 75 dona oʼramda boʼlgan konda ishlatiladigan maxsus "setka" va 85 dona armaturani yashirin ravishda talon-toroj qilib, kompaniyaga jami boʼlib 142.905.000 soʼm miqdorida moddiy zarar yetkazgan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni Sariosiyo tumani Sharofobad mahallasida yashovchi 7 nafar fuqarolar turli vaqtda sodir etganligi aniqlanib, ulardan 36 dona setkalar va 85 dona armaturalar tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan 3 nafar fuqaroga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan oʼgʼirlik) bilan, 4 nafar fuqaroga nisbatan esa JKning 169-moddasi 2-qismi “b,v,g” bandlari (ancha miqdorda bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi IIB huzuridagi Tergov departamenti