O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ikki nafar erkak ayolning ishonchiga kirib uni aldashdi.

Buxoro viloyati. 2020 yilning 25 fevral' kuni Peshku tumanida yashovchi 42 yoshli L.G. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda Jondor tumanida yashovchi 33 yoshli A.S. va 41 yoshli M.J.lar birgalikda biznes qilish sharti bilan 13.800.000 so‘m pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bugungi kunga qadar bergan bergan va'dasini bajarmasdan pullarni qaytarmasdan kelayotganliklarini ma'lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Peshku tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zararni undirish choralari ko‘rilmoqda. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech