O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Endilikda bolalar kattalar kabi qonun oldida javob beradi

Navoiy viloyati. 2021 yil 27 dekabr kunidan 2022 yil 02 yanvar kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxslar o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Qiziltepa tumani “Urganji” qishlog‘ida joylashgan 35 yoshli I.A.,ga tegishli uyga, hech kim yo‘qligidan foydalanib, xonalarning deraza va eshik oynalarini sindirib, g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadonda bo‘lgan jami narxi 7.000.000 so‘m bo‘lgan bir dona elektr pechning ehtiyot qismlarini, bir dona arava, uch dona “Kama” va “Ural” rusumli velosipedlarni, ikki dona qozon, bir dona gaz plita, 200 AQSH dollari miqdordagi naqd pullar hamda boshqa narsa va buyumlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Qiziltepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari 15 yoshli I.A., 14 yoshli Q.R. va Yu.Sh., lar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan velosiped hamda boshqa narsa va buyumlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech