Endilikda o‘g‘irlangan pullar nimaga sarflanganligi tergov aniqlaydi
Sirdaryo viloyati. 2021-yil 22-noyabr kuni Sirdaryo viloyati “102” xizmatiga 32 yoshli V.N. murojaat qilib, o‘z murojaatida ushbu kuni soat 02:43 da nomaʼlum shaxs uning Sirdaryo tumani Alvon ko‘chasida joylashgan savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, do‘konda mavjud bo‘lgan jami 23.600.000 so‘m miqdordagi pullarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni Sirdaryo tumanida yashovchi 19 yoshli X.F. sodir etganligi aniqlanib, undan jabrlanuvchiga tegishli pullarning 121.000 so‘mi xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.F. jinoyat ishiga gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.
Dastlabki tergov davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti