O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yordam niqobi ostidagi firibgarlik

Toshkent viloyati. Joriy yilning 20 aprel kuni Angren shahar Fidokor ko‘chasida yashovchi 44 yoshli X.O‘. Angren shahar IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yil may oyida Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi 44 yoshli A.F. uning ishonchiga o‘g‘lini Toshkent shahar yuridik institutiga kiritib qo‘yishini vaʼda qilib, aldov yo‘li bilan kirib, 20.000 AQSH dollari miqdorida pullarini olib, bugungi kunga qadar vaʼdasini bajarmay va pullarini ham qaytarib bermasdan yurganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech