O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Eski tanishning qo‘li egri bo‘lib chiqdi

Toshkent. 2020 yil 21 dekabr kuni soat taxminan 15:00 larda, 31 yoshli Timur Yu., o‘zining 35 yoshli Rinat S., ismli tanishini spirtli ichimliklar isteʼmol qiladigan do‘konda uchratib qolib, u bilan spirtli ichimlik mahsulotlarini isteʼmol qilib mast holatda bo‘lishib, birgalikda Rinat S., ning boshqaruvidagi avtoparkka tegishli bo‘lgan “Nexia-2” rusumli avtoulovda Chilonzor tumani 1-mavze 28-uy oldiga kelganliklaridan so‘ng, haydovchi do‘konga kirib ketganligidan foydalanib, avtoulovni boshqarib, hodisa joydan yashiringan.

Olib borilgan tezkor chora tadbirlar davomida avtoulov Toshkent shahar Sergeli tumani hududidan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida qonunbuzar nima sababdan avtoulovni olib qochganligini va nima sababdan Sergeli tumaniga boshqarib borganligini eslay olmasligini maʼlum qilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.    

Eslatib o‘tamiz! Mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kishining aql-idrogiga taʼsir qiluvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida jinoyat sodir etish Jinoyat kodeksining 56-moddasiga asosan jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar turiga kiradi.

 

Muallif: Katta tergovchi kapitan I.A.Toirov

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech