O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Facebook”dagi 5 millionga aylangan tanishuv

Jizzax viloyati. 2022 yil 28 yanvar kuni 36 yoshli T.F. viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil iyul oyida “Facebook” ijtimoiy tarmog‘i orqali 38 yoshli Turkiya fuqarosi A.Ch. bilan tanishib qolganligi, shu vaqtdan boshlab u bilan yaqin munosabatlarda bo‘lib kelib, A.Ch. uning sir saqlanishi lozim bo‘lgan maʼlumotlarini o‘z uyali aloqa vositasiga yuklab olib, ushbu maʼlumotlarni internet tarmoqlarida tarqatish bilan qo‘rqitib, agar maʼlumotlar oshkor bo‘lmasligini xohlasa unga 10.000.000 so‘m berishini talab qilganligi, o‘z navbatida majbur ahvolda qolib, pul tuplab, o‘zining ukasi orqali A.Ch.,ga 5.000.000 so‘m pullarni taqdim qilib, ushbu holatni telefon apparatiga video tasvirga yozdirib olganligini maʼlum qilib, A.Ch.ga nisbatan tegishli chora ko‘rishni so‘ragan.

Tergovga qadar tekshirish davomida A.Ch., ning foydalanuvida bo‘lgan “SAMSUNG A71” rusumli telefon apparati ko‘zdan kechirilganda, telefon apparati xotirasida fuqaro T.F.,ning 64 dona rasmlari borligi aniqlanib, ushbu telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzacho‘l tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech