O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Farg‘onadan Toshkentga borish qimmatga tushdi

Farg‘ona viloyati. 2021-yil 15-dekabr kuni soat 18-10 larda nomaʼlum shaxs o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, Qo‘qon shahar U.Nosir ko‘chasida 35 yoshli U.M., dan bahosi 1.500.000 so‘mlik “Samsung A-30-S” rusumli telefon apparatini qo‘ng‘iroq qilish uchun so‘rab olib, telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 19 yoshli I.A. va voyaga yetmagan 17 yoshli N.J., lar sodir etganligi aniqlanib, I.A.,dan jabrlanuvchi U.M.,ga tegishli “Samsung A-30-S” rusumli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan I.A. va voyaga yetmagan N.J.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, qonunbuzarlar ushbu jinoyatni Toshkent shahriga borish uchun sodir etganliklari, N.J,,ning yo‘l haqi uchun pullari bo‘lmaganligi sababli ushbu tarzda yengil pul topishni ko‘zlashganligi maʼlum bo‘lgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departament

Text to speech