O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Fermerning plastigidan 51 mln. so‘m o‘g‘irlandi

Buxoro viloyati. 2020-yil aprel oyida 35 yoshli J.Sh., ATIBAgro bank” Buxoro filiali tomonidan fermer xo‘jaligiga berilgan plastik kartani mineral o‘g‘itga pul ko‘chirish maqsadida fermer xo‘jaligi rahbari 44 yoshli J.A.,dan olib, plastik kartadagi 15 mln. so‘m pullarni mineral o‘g‘itlar shaxobchasi hisob raqamiga o‘tkazib, plastik kartani o‘zida saqlab kelgan holda 2020 yil 01 may kunidan 2020 yil 27 iyun kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, J.A.,ning ruxsatisiz plastik kartadagi jami 51.340.000 so‘m pullarni yashirin ravishda bankomatdan naqdlashtirib olish orqali o‘g‘irlab, jabrlanuvchi J.A.ga moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan J.Sh.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “B” bandi (o‘g‘irlik, ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

                         Muallif: Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi

kadrlar guruhi katta inspektori kapitan J.Qodirov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech