O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

325 mln. so‘mlik “kalishlar”

Andijon viloyati. 2021 yilning yanvar oyidan fevral oyiga qadar Abdulaziz I., firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida, Muxammadali Sh.,ga go‘yoki “Kalish” mahsulotlarini olib, savdosidan tushgan pullarni unga berishni vaʼda qilib, ishonchiga kirib aldab, Andijon shahar “Eski O‘sh” ko‘chasi hududida Muxammadali Sh.,dan qiymati 325.190.500 so‘mlik “kalish” mahsulotlarini qo‘lga kiritib, pullarini bermaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Abdulaziz I.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, shu kabi firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmang, o‘zingizga tegishli buyumlarni turli xil bahona bilan egallash ilinjida bo‘lgan firibgarning to‘riga tushib qolmaslik o‘zingizni qo‘lingizda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech