O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Garovga qo‘yib turgin...

Andijon viloyati. 2022 yil 13 fevral kuni soat 22:30 larda 32 yoshli U.T. o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, sherigi 19 yoshli Q.Sh. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Andijon shahar Gumbaz MFY da joylashgan “Mebel” do‘koni oldida, o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 34 yoshli L.U.ni boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasini o‘zlarini boshqaruvidagi “Nexia 3” rusumli avtomashinasida, amaldagi yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda to‘xtatib, L.U.ning yuz qismiga urib, unga tegishli avtomashinaning “saloni”da bo‘lgan narxi 60.000 so‘mlik “Artel” rusumli telefon apparati va 60.000 so‘m pullarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishib, hodisa joyidan nomaʼlum tomonga yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan U.Z. va Q.Sh.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismining “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davomida, jinoyatning kelib chiqish sababi o‘rganilganda, bir necha kun oldin, avtomobillarga yoqilg‘i kuyish shaxobchasida jabrlanuvchi va gumonlanuvchi U.T. uchrashib qolishib, jabrlanuvchi L.U. tanishi U.T.dan o‘zining pasportini yoqilg‘i qo‘yib olish uchun shaxobcha g‘aznasiga vaqtincha garovga qo‘yib turishligini, 80.000 so‘mlik benzin quyib olishni hamda ertasi kuni pullarni g‘aznaga to‘lab uni pasportini olib borib berishini aytganligi, o‘z navbatida U.T. bunga rozi bo‘lganligi, biroq oradan vaqt o‘tib L.U. bergan vaʼdasini bajarmaganligi sababli bundan U.T.ning jahli chiqib yuqoridagi holat vujudga keltirganligi aniqlangan.

Tergov natijasiga ko‘ra barcha shaxslarga qonuniy chora ko‘rilishi taʼminlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech