O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Telefon qutisidagi “Geroin”

Toshkent shahri. 2021 yilning 16 fevral kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqlashga qaratilgan tadbir davomida, Mirzo Ulug‘bek tumani Oqqo‘rg‘on ko‘chasida o‘zida shubha uyg‘otgan 37 yoshli G‘olib M., xolislar ishtirokida qo‘lida bo‘lgan oq rangli polietilen paket tekshirilib, telefon apparati qutisining  ichida sotish maqsadida saqlab kelayotgan polietilen paket bo‘laklariga o‘ralgan 4 dona o‘ramda sarg‘ish rangli o‘tkir hidli moddalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida, ushbu moddalar “Geroin” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan G‘olib M., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 25,273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazishga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Hozirda giyohvandlik moddasini kelib chiqishi aniqlanmoqda. Tergov yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech