Sinfdoshlar bilan sodir etilgan talonchilik
Farg‘ona viloyati. Joriy yilning 5 fevral kuni soat 13:30 larda nomaʼlum shaxslar “Spark” rusumli avtomashinanada bo‘la turib, Oltiariq tumani Yangiturmush MFY hududida ushbu avtomashinani boshqarib, yo‘l chetida tanish qizib bilan turgan voyaga yetmagan 17 yoshli Doniyorbek A., ni bir necha marotaba chaqirib, uni ushbu chaqiriqlarga qaramayotganligini vaj qilib, unga nisbatan zo‘rlik ishlatib avtomashinani oldiga olib kelib egnida bo‘lgan kamzulining chap cho‘ntagidagi narxi 4.100.000 so‘mlik “Samsung A-31” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinishgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni voyaga yetmagan 16 yoshli Raxmatillo N., sinfdoshlari Husanboy T., Muhammadali M., Muhammadsodiq S., va Xayrullo T., lar bilan sodir etganliklari, ular Marg‘ilon shahar Baraka ko‘chasida yashovchi fuqaro Bekzod A., ga tegishli bo‘lgan “ Spark ” rusumli avtomashinani 1 soatga 50.000 so‘m evaziga ijaraga olib, hech qanday tegishli hujjatlarsiz ushbu avtomashinani boshqarganliklari hamda fuqaro Doniyorbek A.,ga tegishli bo‘lgan “Samsung A-31” rusumli uyali telefon apparatini Marg‘ilon shahar yashovchi Sardor K.,ga uyali telefon apparatining hujjatlari yonib ketganligini aytib 1.500.000 so‘m evaziga sotib yuborishganliklari aniqlangan bo‘lib, ushbu “Samsung A-31” rusumli telefon apparati Sardor K., dan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan Raxmatillo N., Husanboy T., Muhammadali M., Muhammadsodiq S., va Xayrullo T., larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, “Spark” rusumli avtomashinasini hech qanday tegishli hujjatlarsiz ijaraga berish bilan shug‘ullanib kelgan Marg‘ilon shahrida yashovchi Bekzod A.,ning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti