O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Talonchilik sodir etgan velosipedchi

Farg‘ona viloyati. Joriy yilning 10 noyabr kuni soat 04:08 da 31 yoshli N.S. Shifokor mahallasi hududidagi “Shifobaxsh Chimyon” nomli dorixona tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida, yonidan nomaʼlum shaxs velosiped boshqarib chamasi 30 metr masofa o‘tganidan so‘ng, velosipedini tashlab, uning qarshisiga harakatlanib kelib zo‘rlik ishlatib, qo‘lida bo‘lgan narxi 200.000 so‘mlik “Lenovo” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, velosipedi bilan hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan 10.11.2020 yilda Farg‘ona tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir qilingan talonchilik ) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu jinoyatni issiq izidan ochish maqsadida bir qator tergov-tezkor harakatlari olib borilishi natijasida jinoyatni muqaddam bir necha marotaba bosqinchilik va o‘g‘irlik jinoyatlari sodir etgan Konchilar mahallasida istiqomat qiluvchi 31 yoshli Sh.M. ekanligi aniqlangan hamda tergovga qadar tekshiruv vaqtida Sh.M. turmush o‘rtog‘iga yuqoridagi talonchilik yo‘li bilan egallab olingan uyali telefon apparatini ish xonasiga yashirib qo‘yganligini va uni zudlik bilan yo‘qotish kerakligini aytgan

bo‘lsa-da, biroq ayol fuqarolik burchini anglagan holda ushbu haqda ichki ishlar idorasi xodimlariga maʼlum qilgan. Natijada ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan uyali telefon apparati Sh.M.,ning xizmat xonasida bo‘lgan supurgilar orasidan topilgan. 

Tergov harakatlari jarayonida Sh.M.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech