O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Talonchilar qoʼlga olingan

Samarqand. 2020 yilning 14 dekabrь kuni soat 19:30 da nomaʼlum shaxslar 23 yoshli Ulugʼbek X.,ni Samarqand shahar Sattepo maskani S.Sheroziy mahallasida joylashgan 148-uy oldida uni toʼxtatib, yuz soxasiga urib tan jarohati yetkazib, yonida boʼlgan bir dona “IPHONE-11 Pro MAX” rusumli uyali telefon apparati va bir dona “Aplle iwatch-4” rusumli soatini talonchilik yoʼli bilan qoʼlga kiritib, Ulugʼbek X.,ga jami 1.000 АQSh dollari miqdorida moddiy zarar yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB PPXB xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari davomida ushbu jinoyatni 27 yoshli Sardor А. va 20 yoshli Shoxrux J., lar sodir etganliklari aniqlanib, Ulugʼbek X.,ga tegishli bir dona "IPHONE-11 Pro MAX" rusumli uyali telefon apparati va bir dona "Aplle iwatch-4" rusumli soati ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan Sardor А. va Shoxrux S., larga nisbatan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Jinoyat ishi boʼyicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 

 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech