O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kuch ishlatib yoshlarni tartibga chaqirgan fuqaro endilikda o‘zi ham qonun oldida javob beradi

Namangan viloyati. 2020 yilning 03 noyabr kuni soat 01:00 da 40 yoshli Odil M. Namangan shahar 5-kichik tumanda joylashgan do‘konda savdo qilayotganida, do‘kondan xarid qilib tashqariga chiqqan 25 yoshli Sevara A.,ga nisbatan “Matiz” rusumli avtomashinada bo‘lgan Jahongir U., Murod T., va Yusuf S.,larni gap otishganligini ko‘rganidan so‘ng, ularga ketishlarini aytib, o‘zaro janjallashib, do‘konda bo‘lgan yog‘och bitani tashqariga olib chiqib, Yusuf S.,ning bosh qismiga urib tan jarohati yetkazgan.

Dastlabki tibbiy maʼlumotnomada: jabrlanuvchida bosh miya ochiq shikasti, bosh miyani og‘ir darajali lat yeyishi, bosh miyani chap yarim sharlari o‘tkir epidural gematomasi hisobiga ezilishi va boshqa jarohatlar borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB 1-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro Odil M.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "ye" bandi (bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

        

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech