O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Fuqarolik burchiga befarq bo‘lmagan fuqarolar “bosqinchi”ni ushlashdi

Toshkent viloyati. 2021 yilning 01 fevral kuni soat 15:00 larda voyaga yetmagan 17 yoshli 9-sinf o‘quvchisi Erlan Z. Toshkent shahri Bektemir tumani hududida joylashgan “Vodiy” shoh bekati oldida “Cobalt” rusumli avtomashina haydovchisi 29 yoshli Abdunabi X., bilan uni va oila aʼzolarini Andijon viloyati Asaka tumaniga olib borishiga kelishib, oila aʼzolarini Ohangaron tumani hududidan yo‘l-yo‘lakay olib ketishlarini aytib, ushbu avtomashinani old o‘ng tomon o‘rindig‘iga o‘tirib, yo‘lni ko‘rsatib borib, O‘zar qishlog‘iga yetmasdan Erlan Z., yonida bo‘lgan oshxona pichog‘ini Abdunabi X., ning bo‘yin qismiga tirab, yonida bo‘lgan bor pullari va buyumlarini berishini talab qilib, haydovchi Abdunabi X.,ga tegishli bo‘lgan narxi 1.500.000  so‘mlik “HUAWEY” rusumli uyali telefon apparatini, avtomashinasini boshqaruv pultini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Shundan so‘ng Erlan Z., haydovchi Abdunabi X.,ga avtomashinasini Nurafshon shahri yo‘nalishi bo‘ylab boshqarishini talab qilgan, haydovchi Abdunabi X., avtomashinasini Ohangaron tumani Oybuloq MFY O‘zar qishlog‘idan chiqishdagi avtobus bekati ro‘parasida to‘xtatib, bekatda turgan notanish shaxslardan yordam so‘ragan va avtobus bekatida o‘tirgan notanish fuqarolar Erlan Z.,ni ushlab IIB xodimlariga topshirishgan.

Mazkur holat yuzasidan Oxangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Erlan Z.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti 

Text to speech