O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xorazmda “geroin”ni pullayotgan shaxs qo‘lga olindi

Xorazm viloyati. 2021 yil 18 noyabr kuni soat 15:00 larda viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Ittifoq” mahallasida yashovchi, 51 yoshli U.O. shartli xaridorga o‘zining “Nexia-2” rusumli avtomashinasida qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan, vazni 0.03 gramm “geroin” giyohvandlik vositasini 100.000 so‘m evaziga sotgan vaqtida ushlangan.

Bundan tashqari, tezkor tadbir davomida U.O.,ning egnidagi kiyimlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, o‘ng tomon paypog‘idan “geroin” giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda aniqlangan.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan moddalar bo‘yicha sud kimyoviy ekspertiza tayinlangan, U.O.,ning yonidan chiqqan modda sof og‘irligi 0.04 gramm “geroin” giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan U.O.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib bormoqda.

Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi

podpolkovnik Sh.I.Xasanov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech