Bir marotaba qo‘ng‘iroq qilish bahonasidagi “talonchilik”
Farg‘ona viloyati. 2021 yil 30 yanvar kuni soat 13:30 larda fuqaro 18 yoshli Neʼmatjon O., Shahboz K., va Rashidjon U., lar bir guruh bo‘lib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, Qo‘qon shahar, Mehrjon ko‘chasida joylashgan “Qo‘qon shahar temir yo‘l transport kolleji”ning yoniga kelib, ushbu kollej talabasi 19 yoshli Boburjon G‘., dan “Samsung A 20” rusumli uyali telefon apparatini qo‘ng‘iroq qilib olish maqsadida so‘rab olib narxi 2.500.000 so‘m bo‘lgan uyali telefon apparatini olib qochib ketishgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Neʼmatjon O., Shahboz K., va Rashidjon U., larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik, yaʼni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti