O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ajratish maqsadida kelgan “og‘ayni”lar o‘rtasida janjal kelib chiqdi

Toshkent shahri. 2021 yilning 09 aprel kuni soat 17:30 larda nomaʼlum shaxs Olmazor tumani Beshqo‘rg‘on-4 dahasi 5 va 3-uylar orasida joylashgan 107-sonli bolalar bog‘chasi yonida bo‘la turib, unga notanish bo‘lgan 17 yoshli A.Elyor bilan hech bir sababsiz janjallashib pichoq bilan qorin qismiga bir marotaba urib jarohat yetkazgan. Natijada A.Elyor qorin old devori, o‘ng oxirgi qovurg‘a ostida sanchilib kesilgan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni fuqaro 17 yoshli Z.Farrux sodir etganligi, u tanishi 17 yoshli I.Zafar bilan G‘.Og‘abeklar o‘zaro janjallashayotganlarida ajratish maqsadida borgan vaqtida u yerda bo‘lgan A.Elyor bilan janjallashib qolganligi aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech