Ikki nafar shaxs 1.300.000 so‘mlik telefon apparati uchun 3-5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishlari mumkin
Toshkent. 2020 yilning 17 oktyabr kuni soat 18:40 da, 21 yoshli T.D., o‘zining jinoiy sherigi bo‘lgan, 24 yoshli M.M., bilan oldindan til biriktirib, bir guruhgi birlashib, o‘zganing mulkini hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida, Toshkent shaxar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasida joylashgan, TDPUning qarshisidan o‘tib ketayotgan, voyaga yetmagan 16 yoshli M.X.,ni yo‘lini to‘sishib, uning yuz qismiga bir marotaba urishib, qo‘lida bo‘lgan qiymati 1.300.000 so‘mlik “REDMI-7” rusumli qo‘l telefonini olib qo‘yishib, hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tergov tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslar ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan joriy yilning 18 oktyabr kuni T.D. va M.M.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,V” bandi (Talonchilik, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti