O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichib yuborilganmi yoki sotib yuborilganmi, tergov oydinlik kiritadi

Andijon viloyati. Joriy yilning 09 fevral kuni soat 01:00 larda nomaʼlum shaxs Andijon tumani Kuyganyor Dexqon bozorida joylashgan 24 yoshli O.A.ning savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, savdo do‘konida saqlanayotgan qiymati 1.200.000 so‘mlik bo‘lgan 0.5 l hajmdagi 240 dona “Pepsi” ichimliklarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa bo‘lgan joyidan yashiringan.

Bundan tashqari, 11 mart kuni soat 03:30 larda nomaʼlum shaxs yana aynan O.A.ning savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, savdo do‘konida saqlanayotgan qiymati 1.200.000 so‘mlik bo‘lgan 1.5 l hajmdagi jami 120 dona “Pepsi” ichimliklarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa bo‘lgan joyidan nomaʼlum tomonga yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Andijon viloyatida yashovchi ikki sinfdosh 25 yoshli M.D. va M.M. o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib sodir etkanliklari aniqlanib, ulardan ashyoviy dalil tariqasida 120 dona 1.5 l hajmli “Pepsi” ichimligi va 1.300.000 so‘m pullar rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.D. va M.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech