IIO xodimlaridan qochishni maqsad qilgan shaxs YTH uchradi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi. 2023 yil 21 fevral kuni soat 07:40 larda Nukus shahri 27-kichik tumanida yashovchi 43 yoshli J.R., ichki ishlar organlarining “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, shu kuni uning uyi oldida nomaʼlum shaxs unga tegishli bo‘lgan «NIVA» rusumli avtomashinasini ochiq holda va kaliti o‘t oldirgichda qoldirilganligidan foydalanib, olib qochganligini maʼlum qilib, ushbu nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni va avtomashinasini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, ushbu avtomashinani nomaʼlum shaxs shahar hududida boshqarib kelayotgan vaqtida aniqlangan va ichki ishlar xodimlari tomonidan transport vositasini to‘xtatishni talab qilishlariga qaramay, ularning qonuniy talablarini bajarishdan bo‘yin tovlagan holda IIO xodimlaridan qochishga harakat qilgan vaqtida, avtomashinani boshqaruvini yo‘qotib, temir darvozaga borib urilgan va u IIO xodimlari tomonidan ushlangan.
Qonunbuzarning shaxsiga aniqlik kiritilganida, u Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi 26 yoshli I.N. ekanligi va ushbu jinoyatni mast holatda sodir qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan I.N. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibida ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti