Ikki talonchi qo‘lga kiritgan telefon apparati egasiga qaytariladi
Andijon. 2021 yilning 6 yanvar kuni soat 01:00 da fuqarolar 23 yoshli Doniyorbek F., va 23 yoshli Javoxir X.,lar o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Asaka tumani Mehnatobod MFY hududida fuqaro 28 yoshli Mirzoxid D., ning yuziga qo‘llari bilan urib, unga tegishli 400.000 so‘m miqdoridagi naqd pullari va bahosi 1.000.000 so‘mlik “Redmi-5” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilganlar.
Tergovga qadar tekshiruv jarayonida Doniyorbek F., va Javoxir X.,lar tomonidan jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan “Redmi-5” rusumli uyali telefon apparatini Sadriddin Sh.,ga sotib yuborganliklari aniqlanib, Sadriddin Sh.,dan ushbu telefon apparati xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqarolar Doniyorbek F., va Javoxir X.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida Doniyorbek F., va Mirzoxid D.,lar jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlanganlar.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti