O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ikki voyaga yetmagan shaxs Yangi yilga o‘zlari uchun jinoyat ishi sovg‘a qilishdi

Namangan. 2020 yilning 30 dekabr kuni soat 15:00 larda 17 yoshli Ibroximjon T. o‘zining jinoiy sherigi 16 yoshli Abdulaziz G‘. bilan o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida Namangan shahrida joylashgan “Zaxiriddin Muhammad Bobur” madaniyat va istiroxat bog‘ida  bo‘la turib, u yerda bo‘lgan 17 yoshli Ismoiljon A., ning oldiga kelishib, undan telefon apparatini berishni talab qilib, Ismoiljon A.,ni yuz qismiga qo‘li bilan urib, yonida bo‘lgan bir dona qora rangli “SAMSUNG-A21” rusumli uyali telefon apparati hamda 50.000 so‘m miqdoridagi naqd pullarini ochiqdan-ochiq talon-taroj qilishib hodisa joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB 3-sonli IIB xuzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan Ibroximjon T. va Abdulaziz G‘.larga nisbatan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-modda 2-qismi “v” bandi (talonchilik)  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov jarayonida, voyaga yetmagan Ibroximjon T., dan jabrlanuvchi Ismoiljon A., ga tegishli bir dona qora rangli “SAMSUNG-A21” rusumli uyali telefon apparati rasmiylashtirib olinib, jinoyat ishida ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan.

Jinoyat ishida Ibroximjon T. va  Abdulaziz G‘., lar gumon qilinuvchi tariqasida  ishga jalb qilinganlar.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

 Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi

kapitan E.A.Axmadaliyev

         O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti 

Text to speech