O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qilmishini anglagan holda sodir etganmi yoki yo‘q, buni tergov aniqlaydi

Toshkent shahar. 2021 yilning 10 dekabr kuni soat 13:00larda 19 yoshli T.T., o‘zganing transport vositasini olib qochish maqsadida Bektemir tumani “Somonbozor” ko‘chasi 1-tor 46b-uy oldida bo‘la turib, ushbu yerda 38 yoshli K.X.,ga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasini kalitlari bilan qarovsiz holda qoldirib ketilganligidan foydalanib, avtomashinani nomaʼlum tomonga olib qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, olib qochilgan transport vositasi va qonunbuzar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushbu ko‘chaning o‘zida aniqlanib ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.T.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va S.T. protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov davomida T.S. ruhiy asab kasalliklari dispanserida hisobida turishi aniqlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar moddiy boyliklaringizga befarq bo‘lmang, avtomashinani qulflanganligiga ishonch hosil qiling va kalitni o‘t oldirish joyida qoldirmang. Ogohlik – davr talabi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech