O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Rasmiy munosabat: internet tarmoqlarida “Surxondaryoda bir guruh sport maktabi tarbiyalanuvchilari samosud uyushtirib, katta janjal keltirib chiqardi” nomi ostida tarqalgan video yuzasidan

Tergov jarayonida aniqlanishicha, 2020 yilning 03 noyabr kuni sport maktabi direktori 31 yoshli Bekzod D. va 25 yoshli Jaxongir A., lar orasida kelib chiqqan janjal natijasida, maktab direktoriga tan jarohati yetkazilgan.

Ertasi kuni soat 16:30 da Sho‘rchi tumanida yashovchi 37 yoshli Shuxrat E., o‘zining murabbiyi bo‘lgan sport maktab direktori Bekzod D.,ga yetkazilgan tan jarohati uchun o‘ch olish maqsadida, o‘zining tanishlari 28 yoshli Abduvosit A., 26 yoshli Jasurbek A., 28 yoshli Baxodir D., 31 yoshli Jaxongir U., 25 yoshli Oybek P., Azizbek Q., 29 yoshli Azamat H., 29 yoshli Sundarbek X.,lar bilan birgalikda bir guruhga birlashib, jamiyatda yurish–turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi hisoblangan, Sho‘rchi tumani, “Bobur” mahallasida joylashgan oshxonada choy ichib o‘tirgan, 25 yoshli Jaxongir A., va uning o‘rtoqlari 24 yoshli Xurshid A., hamda 26 yoshli Ravshan N.,larning yoniga borib, o‘zlari bilan olib kelgan bita hamda qo‘llariga tushgan stul va boshqa jismlar bilan 25 yoshli Jaxongir A.,ni urgan vaqtida, uning yonida o‘tirgan 26 yoshli Ravshan N., va 24 yoshli Xurshid A.,lar bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rib, ajratmoqchi bo‘lganligi sababli ularni ham urib do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan holda bezorilik jinoyatini sodir etishgan.Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida, fuqaro Jaxongir A., va Xurshid A.,larga “yengil” tan jarohati yetkazilganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan 05.11.2020 yilda Sho‘rchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro Shuxrat E., va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “B,v” va 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida 28 yoshli Abduvosit A., 26 yoshli Jasurbek A., 28 yoshli Baxodir D., 31 yoshli Jaxongir U., 25 yoshli Oybek P., Azizbek Q., 29 yoshli Azamat H., 29 yoshli Sundarbek X., va 37 yoshli Shuxrat E.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, har biriga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda, tergov yakuniga ko‘ra, yuqoridagi holatda ishtirok etgan har bir shaxsning harakatlariga qonuniy baho berilishi taʼminlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech