Yurtimizda vaqtincha istiqomat qilib keluvchi Koreya Respublikasi fuqarosi odamlarning ishonchiga kirib ularni aldashga usta ekan
Toshkent shahri. 2020 yilning oktyabr oylarida Koreya Respublikasi fuqarosi 59 yoshli Kim Yeon Sun Mirobod tumani Afrosiyob ko‘chasida joylashgan vaqtincha yashash xonadonida bo‘la turib, 37 yoshli Sanjar X., ning ishonchiga kirib uni Koreya davlatiga ishga yuborishini vaʼda qilib, jami 57 000 AQSH dollar pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan olib, bergan vaʼdasini bajarmagan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Kim Yeon Sunga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo‘lmagan insonlarga o‘z xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘z qo‘lingizda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti