O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ish bahona o‘g‘irlikka qo‘l urgan ishchilar

Toshkent viloyati. Joriy yilning 29 aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi 25 yoshli A.U. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda o‘ziga tegishli bo‘lgan Zangiota tumani Qaxramon mahallasi hududida joylashgan MCHJdan nomaʼlum shaxslar tomonidan jami 420 kg. miqdorda bo‘lgan va bahosi 58.800.000 so‘mlik sariq rangli metall sim mahsulotlarini talon-toroj qilib ketilganligini maʼlum qilib, ushbu nomaʼlum shaxslarni aniqlab, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni ushbu MCHJda 3 oy sinov muddatda yollanma ishchi sifatida ishga qabul qilingan Toshkent tumanida yashovchi 18 yoshli A.S. va 22 yoshli T.A. sodir etganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida, qonunbuzarlardan o‘g‘irlangan simlarning taqdiri so‘ralganda, ular ushbu simlarni Toshkent tumaniga olib borishib, temir-tersaklar oldi-berdisi bilan shug‘ullanuvi shaxslarga 2.700.000 so‘m pulga sotib yuborishganliklarini, pullarni esa o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganliklarini maʼlum qilishgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech