O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qishloq vrachlik punktida sodir etilgan bezorilik

Namangan viloyati. 2021 yilning 23 mart kuni soat 11:00 larda Chortoq tumani Saroy MFY., hududida joylashgan QVP binosiga 33 yoshli Murod Yu., va 35 yoshli Shavkat Yu,lar kelib maʼmuriyatga ushbu binoni bo‘shatib berishlarini, ular zamonaviy klinika qurmoqchi ekanliklarini bildirganlarida, u yerda davolanayotgan 37 yoshli Fayzullo T., va 31 yoshli Anvar M.,lar ularni turli so‘zlar bilan haqorat qilib, tanasining duch kelgan joylariga urib jarohat yetkazganlar.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida Murod Yu., hamda Shavkat Yu.,larda yengil turdagi tan jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Fayzullo T., va Anvar M.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

    O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech