Qarzni soʼrash janjal bilan yakunlandi
Surxondaryo. 2020 yilning 14 aprel kuni soat 21:30 da Sherobod tumani “Oqtepa” mahallasida yashovchi 36 yoshli Sh.N. oʼzining tanishi 51 yoshli R.Y., ning yashash uyiga 4.300.000 soʼm qarzini soʼrab borgan vaqtida oʼzaro janjallashganliklari oqibatida Sh.N. qoʼli bilan R.Y., ning qorin sohasiga bir necha marta urib ogʼir tan jarohati yetkazgan.
Natijada R.Y. tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot muasassasiga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan Sherobod tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan N.Sh., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti