O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qizingiz bilan qamoqda birga o‘tirganman...

Qashqadaryo viloyati. Joriy yilning 13 fevral kuni Kasbi tumanida yashovchi 59 yoshli J.O.(ayol) Qarshi shahar IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda Koson tumanida yashovchi 36 yoshli E.M. (ayol) u bilan 2021 yil 18 dekabr kuni Qarshi shahridagi “Vatanparvar” bog‘ida uchrashib unga uning qizini yaxshi tanishini, u bilan birga qamoqda o‘tirganligini aytib, ishonchiga kirib, qizining bankdan olgan kreditini to‘lab berishiga ishontirib, jami 1.900 AQSH dollari miqdordagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, qizining kredit to‘lovlarini to‘lamasdan, har xil bahonalar bilan aldab kelayotganligini bildirib, undan pullarini olishda hamda unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo‘lmagan insonlarning qo‘llariga o‘zingizni xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘zingizni qo‘lingizda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech