O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yangi yilda yangi transport vositasi haydashni orzu qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati. 2023 yilning 1 yanvar kuni Termiz tumani “Bunyodkor” mahallasida yashovchi 30 yoshli R.J. Termiz shahar IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda Termiz shahar “Yulduz” mahallasi hududida o‘ziga tegishli bo‘lgan “Spark” rusumli bo‘lgan avtomashinasini nomaʼlum shaxs olib qochib ketganligini maʼlum qilib, avtomashinasini topishda amaliy yordam berishni hamda nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida transport vositasi Termiz shahar “Temir yo‘lchi” mahallasi “Yangixayot” ko‘chasida qarovsiz holatda topilgan. Jinoyatni "issiq izi"dan ochishga qaratilgan saʼi-harakatlar oqibatida mazkur jinoyat 32 yoshli R.A. tomonidan mast holatda sodir etilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech