O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yangi “Lacetti” qisqa fursatda

Surxondaryo viloyati. 2021 yilning 5 noyabr kuni Termiz shahida yashovchi 37 yoshli M.I. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan Samarqand viloyatida yashovchi 57 yoshli M.M. bilan Termiz shahar S.Olloyor ko‘chasida joylashgan xonadonda ko‘rishib, uning ishonchiga kirib, unga qisqa fursatda “Lacetti” avtomashinasini olib berishni vaʼda qilib, umumiy qiymati 154.865.800 so‘mga teng bo‘lgan, 14500 AQSH dollari miqdordagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, M.M.ga bergan vaʼdasini bajarmasdan ushbu pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Birovga ishonch bildirishdan oldin chuqur o‘ylab ko‘ring. Firibgarlik qurboniga aylanib qolishdan ogoh bo‘ling!

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech