O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yarim tunda singlisini begona  avtomashinadan tushganligini ko‘rgan aka haydovchining hayotiga zomin bo‘ldi

Xorazm viloyati. 2021 yil 15 fevral kuni soat 03:30 larda 30 yoshli Davlatyor D., Shovot tumani Guliston MFY hududida singlisi “Damas” rusumli avtomashinadan tushib qolganligini ko‘rib, ularning yoniga borib haydovchi 36 yoshli Xursandbek Q., bilan janjallashib qolib yog‘och bo‘lagi bilan bosh qismiga urib tan jarohati yetkazgan. Natijada Xursandbek Q., olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Shovot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Davlatyor D.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “D” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech