O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

YHXB xodimining sezgirligi natijasida jinoyatchilar qo‘lga olindi

Sirdaryo viloyati. Joriy yilning 09 fevral kuni Guliston shahar Yangi hayot MFYda yashovchi 35 yoshli M.D. Guliston shahar IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda o‘ziga tegishli “Matiz” rusumli transport vositasini Guliston shahar I.Karimov ko‘chasi 57-uy oldida qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, nomaʼlum shaxs avtomashinaning eshigini ochib, nomaʼlum tomonga olib qochib, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida aniqlanishcha, qonunbuzarlar mazkur avtomashinani olib qochib, hodisa joyidan 300-400 metr harakatlangan vaqtida, shu yo‘nalishga biriktirilgan Guliston shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan to‘xtatilib, avtomashinaning hujjatlari so‘ralganda, mazkur avtomashina ularga tegishli emasligi va olib qochilganligi maʼlum bo‘lgan. Jinoyatchilar shu vaqtning o‘zidayoq qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan R.V, va K.I.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular protsessual tartibda ushlanishgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech