O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yo‘l to‘sar bosqinchilar sud oldida javob beradilar

Toshkent shahar. 2022 yil 20 mart kunidan 21 mart kuni o‘tar kechasi soat 00:40 larda, nomaʼlum shaxslar Toshkent shahar Yunusobod tumani Yangishahar va Chinobod ko‘chalari kesishgan chorrahasidan o‘tib ketayotgan 23 yoshli A.S.,ni to‘xtatib, unga tegishli bo‘lgan bahosi 350 AQSH dollarlik “Samsung S-10” rusumli telefon apparatini qo‘ng‘iroq qilib olish uchun so‘rab, so‘ngra qo‘llarida bo‘lgan pichoqni ko‘rsatib, o‘ldirish bilan qo‘rqitib, uning yonida bo‘lgan 42 AQSH dollarlik “Novey A-70” rusumli telefon apparati va 380.000 so‘m pul mablag‘larini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritishib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 27 yoshli O.M., 25 yoshli Z.M. hamda N.F.lar sodir etganligi aniqlanib, ular protsessual tartibda ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda yuqoridagi shaxslar nima sababdan bosqinchilik jinoyatiga qo‘l urganliklari aniqlanmoqda.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech