O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yo‘lkiraning narxi 5,5 mln. so‘mga aylandi

Toshkent shahar. 2022 yil 13 aprel kuni soat 20:10 da ikki nafar nomaʼlum shaxslar o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, 26 yoshli Yu.A. va 20 yoshli B.I.larni 1-sonli shahar shifoxonasi oldidan Chilonzor tumanida joylashgan ko‘z kasalliklari shifoxonasigacha olib borish uchun o‘zlarining boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tkazib, so‘ngra yo‘lda nomaʼlum shaxslardan biri Yu.A.dan narxi 3.000.000 so‘mlik “Honor 8X” rusumli telefonini go‘yoki qo‘ng‘iroq qilib olish uchun so‘rab olib, ushbu telefon unga yoqib qolganligini bayon qilgan holda uni qaytarib bermasdan avtomashinasining bordachogiga solib, keyinchalik B.I.dan ham narxi 2.500.000 so‘mlik “Samsung A02” telefonini berishini talab qilishib, telefonlarni qo‘lga kiritishib, Yu.A. va B.I.larni yo‘l chetida tushirib yuborishib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 27 yoshli A.N. va 23 yoshli A.X.lar sodir etganliklari aniqlangan.

Tergov davomida qonunbuzarlardan talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan jabrlanuvchilarga tegishli telefon apparatlarning taqdiri so‘ralganda, ularni o‘zlariga notanish bo‘lgan fuqaroga 400.000 so‘m evaziga sotib yuborganliklari maʼlum qilishgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi

mayor F.K.Saloxov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech