O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yuviş şoxobçasidan olib qoçilgan «Nexia-2» Oqdaryodan topildi

Samarqand viloyati. Joriy yilning 24-noyabr kuni Iştixon tumani IIBga 1995-yilda tuğilgan fuqaro A.B.dan kelib tuşgan xabarda uning otasi Ç.Z.ga tegişli «Nexia-2» rusumli avtomaşina olib qoçilgani ma’lum qilingan. Xabarga köra, şu kuni avtomaşina Çağatoy mahalla fuqarolar yiğini hududidagi avtomobillarni yuviş şoxobçasida yuviş uçun qarovsiz qoldirilganidan foydalanib, noma’lum şaxs uni olib qoçgan.

Murojaat yuzasidan tergov-tezkor guruhi zudlik bilan hodisa joyiga çiqib, zarur hujjatlarni protsessual tartibda rasmiylaştirgan.

Tergov topşiriği asosida olib qoçilgan avtomaşina Oqdaryo tumani hududidagi M-37 avtomobil yölining 16-kilometrida, yöl çetidan topilgan. Tergov harakatlari davomida uni olib qoçgan şaxs 1992-yilda tuğilgan K.E. ekani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Iştixon tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan K.E.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, unga mazkur modda böyiça ayblov e’lon qilingan va  qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi tanlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar. Avtomaşinangizni tark etişdan oldin eşiklarini qulflab, kalitini özingiz bilan olişni unutmang. Huşyor böling, öz mulkingizga befarq bölmang.

Tergov departamenti

Text to speech