Kalit nusxalarini yasatib olib, o‘g‘rilik qilgan shaxs qo‘lga tushdi
Xorazm viloyati. Joriy yilning 1 mart kuni Hazorasp tumani G‘.G‘ulom ko‘chasida joylashgan savdo do‘koni rahbari 38 yoshli J.O. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni 29 yoshli Q.O. uning savdo do‘koniga hech kim yo‘qligidan foydalanib, eshikni kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda ochib kirib, do‘kon kassasida bo‘lgan 10 mln. so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tergov-tezkor ishlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan 29 yoshli Q.O. ushlanib, undan 2 dona kalit hamda 10 mln. so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Bundan tashqari, tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, Q.O. ushbu savdo do‘konda 2018 yilning noyabr oyidan 2021 yilning mart oyiga qadar ishchi bo‘lib ishlaganligi, o‘sha vaqtlarda do‘kon eshigi kalitidan nusxa yasab olganligi, keyinchalik esa 2021 yilning avgust oyidan 2022 yilning 1 mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida shaxsiy ehtiyojlari uchun pul zarur bo‘lganida, mazkur kalit yordamida do‘konga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, do‘kon kassasidan kam-kamdan jami 470 mln. so‘m miqdoridagi pullarini o‘g‘irlaganligi maʼlum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Hazorasp tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Q.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti