Makkajoʼxori bilan oʼralgan ogʼu
Samarqand. 2020 yilning 15 avgust kuni Paxtachi tumani IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, 38 yoshli K.А., ning yashash xonadoni hovlisi koʼzdan kechirilganda, tomorqasida makkajoʼxori oʼsimligi orasiga 19 tup “Kannabis” giyohvandlik oʼsimligi ekib yetishtirib kelayotganligi va ushbu giyohvandlik oʼsimlikning qismlarini yashash uyi ogʼilxonasida quritib kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. K.А. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti