IIB xodimlarining tezkorligi tufayli “kissavur” qo‘lga olindi
Toshkent shahri. 2021 yil 11 fevral kuni soat 17:45 larda 34 yoshli Farrux A., o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida, Olmazor tumani Farobiy ko‘chasida joylashgan Beruniy metro bekatida 39 yoshli Muqaddas A., ning egnidagi kurtkasining cho‘ntagidan narxi 1.100.000 so‘mlik “Redmi-7” rusumli uyali aloqa vositasini kissavurlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Ushbu jinoyatga bevosita guvoh bo‘lgan IIB xodimlarining sezgirligi natijasida Farrux A., o‘sha vaqtning o‘zida qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Farrux A., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar jamoat joylarida moddiy boyliklaringizga befarq bo‘lmang, shubhali shaxslarni ko‘rganingizda IIB xodimlariga xabar bering!
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti