O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kelishilgan xizmat haqqi endilikda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga o‘zgartirilishi mumkin

Andijon viloyati. 2021 yilning 09 dekabr kunidan 10 dekabr kuniga o‘tar kechasi soat 24:00 larda nomaʼlum shaxs Paxtaobod tumani Poshshombog‘i ko‘chasida yashovchi 49 yoshli V.X., ni yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon egasi bilan janjallashib, janjal jarayonida xo‘jalik pichog‘i bilan uning qorin, orqa kurak va qo‘l sohalariga urib , hayot uchun xavfli bo‘lgan “og‘ir” tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Natijada V.X., olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-modda 2-qismi “L” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov jarayonida, ushbu jinoyatni 27 yoshli T.Z. sodir etganligi aniqlanib, jinoyatning kelib chiqishi esa T.Z. joriy yilning sentyabr oyida jabrlanuvchi v.X.,ni buyurtmasiga asosan, uni yashash xonadonida taʼmirlash ishlarini olib borib, xonadonni taʼmirlash ishlarini yaxshi olib bormaganligi sababli, V.X. tomonidan fuqaro T.Z.,ga xizmat haqqi uchun 250.000 so‘mni bermaganligi sababli vujudga kelganligi aniqlangan.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech