O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kalit to‘g‘ri kelganligi sababli avtomashina olib qochildi

Namangan viloyati. 2021 yilning 11 fevral kunidan 12 fevral kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs Namangan shahar “YangiqurilishMFY N.Ubaydullayev ko‘chasi 39-uy oldida qarovsiz qoldirilgan 29 yoshli Abdulaxad M.,ga tegishli “VAZ-21011” rusumli avtomashinaning eshigi ochiq ekanligidan foydalanib, nomaʼlum tomonga olib qochgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, YHXB xodimlari tomonidan fuqaro Abdulaxad M.,ga tegishli “VAZ-21011” rusumli avtomashina Namangan shahar “BoburshoxMFY hududidan texnik soz holatda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan 10-sinf o‘quvchilari 16 yoshli Shukrullo A. va Sayidbek S.,lar birgalikda sodir etganliklari, ular avtomashinani qarovsiz holatda eshiklari ochiq ekanligidan foydalanib, o‘zlarining yonida bo‘lgan boshqa “VAZ-21011 rusumli avtomashinaning kaliti yordamida o‘t oldirib boshqarganliklari  aniqlangan.

Hozirda voyaga yetmagan Shukrullo A., va Sayidbek S.,lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Hurmatli fuqarolar, moddiy boyliklaringizga befarq bo‘lmang, avtomashinani qulflanganligiga ishonch hosil qiling va kalitni o‘t oldirish joyida qoldirmang.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech