O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yo‘l chetiga qoldirib ketilgan avtomashina kimga kerak bo‘lib qolganligi tez fursatda aniqlandi

Buxoro viloyati. 2022 yil 7 noyabr kech soat 00:45 da Buxoro viloyati IIB “102” raqamiga 26 yoshli G‘ijduvon tumanda yashovchi S.A. qo‘ng‘iroq qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan “HAFTI SONG HUA JIANG” rusumli kichik hajmdagi yuk mashinasini G‘ijduvon tuman “XavzakMFY hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining yo‘l chetiga qoldirib ketilgan joyidan nomaʼlum shaxs tomonidan olib ketilganligini bildirib, ushbu nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni va yuk mashinasini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Holat bo‘yicha yuk mashinani topish hamda uni olib ketgan nomaʼlum shaxsni aniqlash maqsadida olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, ushbu kichik hajmdagi yuk mashina G‘ijduvon tuman Ko‘hna Nayman qishlog‘i hududidagi “Shukur To‘xta” fermer xo‘jaligiga qarashli ekin yer maydoni yaqinida oynalari sindirilgan holatda tashlab ketilganligi aniqlangan. Yuk mashina ko‘zdan kechirilib, hujjatlashtirilgan va hozirda jarima maydonchasiga saqlash uchun joylashtirilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlari natijasida ushbu yuk mashinani 14 yoshli voyaga yetmagan X. A. va F.Sh.lar birgalikda olib qochganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 2-qismi “B” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar !

Moddiy boyliklaringizga befarq bo‘lmang, avtomashinangizni qulflanganligiga ishonch hosil qiling va kalitni o‘t oldirish joyida qoldirmang. Aks holda arzimagan eʼtiborsizlik ham yuqoridagi kabi salbiy holatlar ro‘y berishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech