Spirtli ichimlik olib berish bahonasida janjal chiqdi
Namangan. 2020 yilning 11 avgust kuni soat 20:00 da Pop tumani “Oybek” mahallasi savdo shahobchasi yonida mast holatda boʼlgan 51 yoshli S.S.,ga ushbu mahallada yashovchi tanishi 25 yoshli А.S. spirtli ichimlik olib berishini aytib, oʼzaro janjallashganliklari oqibatida, А.S. qoʼl va oyoqlari bilan S.S.,ni urib tan jarohati yetkazgan.
Sud tibbiy ekspertiza xulosasida S.S., hayot uchun xavfli boʼlgan "ogʼir" tan jarohati olgani koʼrsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan S.А., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti