O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Elektr simlari o‘g‘irligi

Sirdaryo. 2020 yil 2 yanvar' kunidan 27 yanvar' kuniga qadar bo‘lgan davrda noma'lum shaxslar Xovos tumani hududida joylashgan xorijiy korxonaga tortilgan umumiy uzunligi 1.100 metr bo‘lgan jami narxi 59.574.635 so‘mlik elektr simlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Xovos tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi (ancha miqdorda sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Yangier shaxrida yashovchi 21 yoshli Sh.R. va 20 yoshli A.A. lar sodir etganligi aniqlanib, ulardan 200 metr uzunlikdagi simlar hamda bir dona temir arracha ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. R.Sh. va A.A.lar gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech