Qurilayotgan koʼp qavatli uyda oʼgʼrilik sodir boʼldi, jinoyatchilar ushlandi.
Jizzax viloyati. 2020 yilning 09 mart kunidan 10 mart kuniga oʼtar kechasi Mirzachoʼl tuman hududida qurilayotgan 4 qavatli uyning bahosi 5.300.000 soʼmlik 4 dona gaz qozoni (kotyol)ni nomaʼlum shaxslar tomonidan oʼgʼirlab ketilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida, ushbu jinoyatni 25 yoshli I.А., 27 yoshli X.R. va J.R., lar sodir etganliklari aniqlangan. 09 mart tungi vaqtda ular Mirzachoʼl tumaniga kelishib, tuman hududida joylashgan qurilayotgan binoning ikkita kirish eshiklariga osilgan qulflarni buzib, ichkariga kirib, 4 dona gaz qozoni (kotyol)ni uzlarning boshqaruvida boʼlgan va avvaldan davlat raqamlarini yechib olishgan Nexia va Lacetti rusumli avtomashinalariga yuklab olib ketishib, jami 22.000.000 soʼm zarar yetkazib, ushbu gaz qozoni (kotyol)ni jami 9 mln soʼmga sotib, pullarni oʼzaro boʼlishib olganligi aniqlangan. I.А.dan 300.000 soʼm pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur xolat yuzasidan Mirzachoʼl tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari (oʼgʼrilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib. I.А., X.R. va J.R. lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Oʼzbeksiton Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.